Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent — to'qimachilik, kiyim-kechak va moda sanoati uchun ixtisoslashtirilgan xalqaro ko'rgazmalar bo'lib, Markaziy Osiyo bo'ylab mato va tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilarini, sourcing kompaniyalarini, brendlarni, xaridorlar
va distribyutorlarni birlashtiradi.
12–14 oktyabr 2026 | Toshkent | Uzexpocentre
Texworld Tashkent moda sanoati uchun matolar, materiallar, aksessuarlar va to'qimachilik innovatsiyalarini taqdim etsa, Apparel Sourcing Tashkent tayyor kiyim ishlab chiqarish, shartnomali ishlab chiqarish va private label yo'nalishiga ixtisoslashgan.
Asosiy sektorlar:
— matolar va to'qimachilik materiallari
— denim, trikotaj, paxta, ipak, sintetika
— furnitura va aksessuarlar
— tayyor erkaklar, ayollar va bolalar kiyimlari
— sport va casual kiyimlar
— OEM / ODM / private label ishlab chiqarish
— sourcing va shartnomali ishlab chiqarish
— to'qimachilik texnologiyalari va xizmatlari
Ko'rgazmalar Heimtextil Uzbekistan bilan bir vaqtda o'tkaziladi va Markaziy Osiyodagi eng yirik to'qimachilik B2B platformasini tashkil etadi.
Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent Heimtextil Uzbekistan ko'rgazmasi bilan birgalikda o'tkaziladi
- Brendlar va chakana sotuvchilar uchun shartnoma asosida ishlab chiqarish
- Private label loyihalari uchun mijozlarni qidirish
- Xalqaro bayerlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri B2B muzokaralar
- Eksport imkoniyatlari va ishlab chiqarish yuklamalarini kengaytirish
- Gazlamalar, trikotaj, denim, furnitura va aksessuarlar taqdimoti
- Moda brendlari, dizaynerlar va tikuvchilik korxonalari bilan uchrashuvlar
- O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bozorlariga chiqish
- Uzoq muddatli shartnomalar va hamkorlik tarmoqlarini shakllantirish
Ko‘rgazma tashrif buyuruvchilari profili:
Texworld Tashkent va Apparel Sourcing Tashkent — Markaziy Osiyoning to'qimachilik va kiyim sanoati uchun asosiy B2B platformasi
Ko'rgazma tashkilotchisi
MChJ "BMC-LLP"
Email: texworld-apparel@bmca.uz
Telefon: +998 55 515 05 22