TRT Training Center — Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent 2026 ko’rgazmalari hamkori
Ko’rgazmalarimiz hamkori — TRT o’quv markazini taqdim etishdan mamnunmiz.
TRT Training Center to’qimachilik va fashion sanoati uchun mutaxassislar tayyorlaydi. Markaz bugungi kunda har qanday tikuv ishlab chiqarishining tezligi va aniqligini belgilaydigan raqamli ko’nikmalarga e’tibor qaratadi.
O’quv yo’nalishlari:
Gemini CAD (SAPR). Kiyimni raqamli konstruksiyalash: bazaviy konstruksiyadan murakkab modellargacha. Andozalar tezroq, aniqroq va matoni ortiqcha sarflamasdan yaratiladi.
CLO 3D. Kiyimni 3D modellashtirish: modelni ko’rish, virtual manekenda kiyib ko’rish va birinchi namuna tikilishidan oldin takomillashtirish mumkin.
Kategoriya menejmenti. Fashion-riteylda assortiment va xaridlarni boshqarish.
O’qitish amaliy formatda, Toshkentda oflayn va onlayn tarzda o’tkaziladi. Kurslardan tashqari, markaz konstruktorlar va texnologlar uchun muntazam ravishda amaliy master-klasslar o’tkazadi.
Soha uchun nega muhim
O’zbekiston to’qimachilik sanoati o’sib bormoqda va korxonalarga zamonaviy raqamli vositalarni biladigan mutaxassislar kerak. Raqamli konstruksiyalash va 3D modellashtirish kolleksiya ishlab chiqish vaqtini, namunalar sonini va material sarfini qisqartiradi. TRT aynan shu ko’nikmalarni beradi.
Ko’rgazmalar bilan hamkorlik
Heimtextil Uzbekistan, Apparel Sourcing Tashkent va Texworld Tashkent butun to’qimachilik zanjirini — toladan va matolardan tortib tayyor kiyim va uy tekstiligacha birlashtiradi. TRT Training Center bu zanjirga muhim bo’g’inni qo’shadi: malakali kadrlar.
Ko’rgazmada mehmonlar:
✔️ Gemini CAD, CLO 3D va kategoriya menejmenti kurslari bilan tanishishlari
✔️ o’z korxonasi xodimlarini o’qitish va malakasini oshirishni muhokama qilishlari
✔️ markazning yaqin master-klasslari haqida bilib olishlari mumkin